Madaminov Bekzod Allayarovich
- Marketing jurnali 2026-yil, 1-son (yanvar)

- 5 февр.
- 2 мин. чтения

BANK RISK-MENEJMENTI TIZIMIDA SUNʼIY INTELLEKT
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Madaminov Bekzod Allayarovich
Maʼmun universiteti
Magistratura boʻlimi boshligʻi
Fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori
PhD, v.b. professor
ORCID: 0009-0002-2806-691X
Annotatsiya
Ushbu maqolada tijorat banklarining moliyaviy samaradorligi va kapital
rentabelligiga taʼsir etuvchi asosiy omillar ekonometrik yondashuv asosida tahlil
qilinadi hamda bank risk-menejmenti tizimini takomillashtirishda sunʼiy intellekt
texnologiyalarini qoʻllash istiqbollari asoslab beriladi. Tadqiqotda natijaviy
koʻrsatkich sifatida ROE olinib, unga raqamli bank operatsiyalari hajmi, mamlakat
YaIM, raqamli xizmatlardan foydalanuvchilar soni va muammoli kreditlar darajasining
taʼsiri koʻp omilli logarifmik regressiya modeli orqali baholandi. Empirik natijalar
raqamlashtirish jarayonlari va makroiqtisodiy oʻsish bank rentabelligiga ijobiy,
muammoli kreditlar esa salbiy taʼsir koʻrsatishini tasdiqladi. Model diagnostikasi
qoldiqlarning normal taqsimlanganini koʻrsatib, baholashlarning statistik
ishonchliligini taʼminladi. Shuningdek, kredit risklarini kamaytirish, defolt ehtimolini
erta aniqlash va operatsion samaradorlikni oshirishda mashinaviy oʻqitish, neyron
tarmoqlar va “Big Data” tahliliga asoslangan sunʼiy intellekt usullarining afzalliklari
yoritildi. Tadqiqot natijalari banklarda innovatsion risk-menejment mexanizmlarini
joriy etish moliyaviy barqarorlik va raqobatbardoshlikni kuchaytirishini koʻrsatadi.
Kalit soʻzlar: moliyaviy barqarorlik, tijorat banki, banklarida risklarni
boshqarish, risk menejment, sunʼiy intellekt usullari.
Abstract
This article analyzes the main factors affecting the financial efficiency and return
on capital of commercial banks based on an econometric approach and substantiates
the prospects for the use of artificial intelligence technologies in improving the bankʼs
risk management system. The study took ROE as the outcome indicator, and the impact
of the volume of digital banking operations, the countryʼs GDP, the number of users
of digital services, and the level of problem loans on it was estimated using a
multifactor logarithmic regression model. The empirical results confirmed that
digitalization processes and macroeconomic growth have a positive effect on bank
profitability, while problem loans have a negative effect. Model diagnostics showed a
normal distribution of balances, ensuring statistical reliability of the assessments. It
also highlighted the advantages of artificial intelligence methods based on machine
learning, neural networks, and "big data" analysis in reducing credit risks, early
detection of the probability of default, and increasing operational efficiency. The
results of the study show that the introduction of innovative risk management
mechanisms in banks enhances financial stability and competitiveness.
Keywords: financial stability, commercial banking, risk management in banks,
risk management, artificial intelligence methods.










Комментарии