top of page

Xusanov Murodjon Sunnatullayevich

MAMLAKATIMIZ IQTISODIYOTIDA YALPI ICHKI MAHSULOTNING MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI TAʼMINLASHDAGI ROLI VA AHAMIYATI

Xusanov Murodjon Sunnatullayevich

Qoʻqon universiteti

“Xalqaro turizm va iqtisodiyot” kafedrasi

v.b. dotsenti, i.f.f.d. (PhD)

“Marketing va PR” departamenti boshligʻi oʻrinbosari,

“Qabul komissiyasi” bosh koordinatori.

ORCID - 0009-0005-4304-5801

Annotatsiya

Mazkur maqolada Yalpi ichki mahsulot (YaIM)ning makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashdagi oʻrni va ahamiyati tahlil etilgan. Tadqiqotda YaIM iqtisodiy oʻsishning asosiy koʻrsatkichi sifatida mamlakat iqtisodiy salohiyatini baholashdagi roli, uning tarkibiy tuzilmasi hamda dinamik oʻzgarishlari oʻrganilgan. Shuningdek, YaIM oʻsish surʼatlari va makroiqtisodiy muvozanat oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik, inflyatsiya, bandlik, investitsiya va tashqi savdo balansining YaIMga taʼsiri iqtisodiy tahlil asosida yoritilgan. Maqolada Oʻzbekiston Respublikasining soʻnggi yillardagi YaIM oʻsish tendensiyalari amaliy maʼlumotlar asosida tahlil qilinib, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillar aniqlangan. Tadqiqot natijalari asosida YaIMni oshirish orqali makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashning ustuvor yoʻnalishlari, jumladan, innovatsion iqtisodiyot, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish zarurligi asoslab berilgan.

Kalit soʻzlar: Yalpi ichki mahsulot, makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy oʻsish, inflyatsiya, investitsiya, bandlik, innovatsion rivojlanish.

Аннотация

В данной статье исследуется роль и значение валового внутреннего продукта (ВВП) в обеспечении макроэкономической стабильности. В исследовании рассматривается ВВП как основной показатель экономического роста, его структура и динамические изменения при оценке экономического потенциала страны. Также анализируется взаимосвязь между темпами роста ВВП и макроэкономическим равновесием, а также влияние инфляции, занятости, инвестиций и торгового баланса на уровень ВВП. В статье на основе практических данных проанализированы тенденции роста ВВП Республики Узбекистан за последние годы и выявлены факторы, влияющие на устойчивое развитие экономики. Результаты исследования показывают необходимость укрепления макроэкономической стабильности за счет увеличения ВВП, внедрения инновационной экономики, повышения эффективности производства и цифровизации.

Ключевые слова: валовой внутренний продукт, макроэкономическая стабильность, экономический рост, инфляция, инвестиции, занятость, инновационное развитие. Abstract

This article analyzes the role and significance of Gross Domestic Product (GDP) in ensuring macroeconomic stability. The study examines GDP as the main indicator of economic growth, its structure, and dynamic changes in assessing a countryʼs economic potential. Furthermore, the interrelation between GDP growth rates and macroeconomic equilibrium, as well as the effects of inflation, employment, investment, and the trade balance on GDP, are discussed through economic analysis. The article provides an analytical overview of Uzbekistanʼs GDP growth trends in recent years based on empirical data, identifying the main factors influencing sustainable economic development. The results highlight the importance of enhancing GDP through innovation, increasing production efficiency, and implementing digital technologies to strengthen macroeconomic stability.

Keywords: Gross Domestic Product, macroeconomic stability, economic growth, inflation, investment, employment, innovative development.


Комментарии


bottom of page