Jumayev Olimjon Sadulloyevich
- Marketing jurnali 12-son, 2025-yil

- 29 дек. 2025 г.
- 3 мин. чтения

IQTISODIY FAOLLIKNI BAHOLASHDA ILGʻOR YONDASHUVLAR
HAMDA OʻZBEKISTONDA BIZNES FAOLLIGI INDEKSINI JORIY
ETISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI
Jumayev Olimjon Sadulloyevich
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni
rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini
himoya qilish qoʻmitasi huzuridagi
Raqobat siyosati va isteʼmolchilar
huquqlari tadqiqotlari markazi direktori, DSc.
Toʻymatov Muzaffarjon Yoqubjon oʻgʻli
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni
rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini
himoya qilish qoʻmitasi huzuridagi
Raqobat siyosati va isteʼmolchilar
huquqlari tadqiqotlari markazi
bosh ilmiy xodimi hamda
Toshkent shahridagi Xalqaro
Vestminster universiteti magistranti
Annotatsiya
Mazkur maqolada iqtisodiy faollikni tezkor baholashda qoʻllaniladigan ilgʻor
yondashuvlar hamda mamlakatimizda Biznes faolligi indeksini (BFI) joriy etishning
metodologik va konseptual asoslari yoritiladi. Jahon amaliyotida keng qoʻllanilayotgan
Purchasing Managersʼ Index (PMI), IFO va Tankan kabi indekslar tahlili asosida BFI
metodologiyasi ishlab chiqilgan. BFI rasmiy statistik maʼlumotlar kech shakllanishi
sharoitida tezkor va real vaqtga yaqin axborotdan foydalanish orqali iqtisodiy
jarayonlarda yuzaga keladigan dastlabki oʻzgarishlarni aniqlash imkonini yaratadi.
Tadqiqotda ishlab chiqarish, yangi buyurtmalar, xodimlar soni, mahsulot zaxiralari va
narxlar dinamikasi kabi indikatorlar asosida quyi indekslar shakllantiriladi hamda
umumiy BFI yigʻma koʻrsatkichi hisoblanadi. Olingan natijalar BFIning iqtisodiy
sikllarning joriy bosqichlarini baholashda, hududlar kesimidagi biznes muhiti
farqlarini aniqlashda hamda qisqa muddatli prognozlarni shakllantirishda samarali
analitik vosita ekanini koʻrsatdi. Tadqiqot natijalari Oʻzbekistonda iqtisodiy muhitni
muntazam monitoring qilish va iqtisodiy siyosat boʻyicha qarorlar qabul qilish
jarayonida BFIdan foydalanishning amaliy ahamiyatini asoslab beradi.
Kalit soʻzlar: Biznes faolligi indeksi (BFI), PMI metodologiyasi, taklif, talab,
bandlik, inflyatsiya.
Аннотация
В данной статье рассматриваются современные подходы к оперативной
оценке экономической активности, а также методологические и концептуальные
основы внедрения Индекса деловой активности (BFI) в Республике Узбекистан.
На основе анализа широко используемых в мировой практике индексов – таких
как Purchasing Managersʼ Index (PMI), IFO и Tankan – разработана методология BFI. Индекс обеспечивает возможность выявления ранних изменений в
экономических процессах за счёт использования оперативной и близкой к
реальному времени информации в условиях позднего формирования
официальной статистики. В исследовании формируются низовые индексы по
таким показателям, как объём производства, новые заказы, численность занятых,
товарные запасы и динамика цен, после чего рассчитывается интегральный
показатель BFI. Полученные результаты подтверждают, что BFI является
эффективным аналитическим инструментом для оценки текущей фазы
экономического цикла, выявления различий в деловой активности по регионам
и формирования краткосрочных прогнозов. Итоги исследования также
обосновывают практическую значимость применения BFI в Узбекистане для
регулярного мониторинга экономической среды и принятия экономико-
политических решений.
Ключевые слова: индекс деловой активности (BFI), методология PMI,
предложение, спрос, занятость, инфляция.
Abstract
This article examines advanced approaches used for the rapid assessment of
economic activity and elaborates the methodological and conceptual foundations for
introducing the Business Activity Index (BFI) in Uzbekistan. Based on the analysis of
internationally recognized indicators–such as the Purchasing Managersʼ Index (PMI),
the IFO Index, and the Tankan Index–a tailored BFI methodology has been developed.
The BFI enables the early identification of shifts in economic processes by utilizing
prompt and near-real-time information in conditions where official statistics are formed
with a time lag. In the study, sub-indices are constructed for key indicators, including
production, new orders, employment, inventories, and price dynamics, after which an
aggregate BFI score is calculated. The results demonstrate that the BFI serves as an
effective analytical tool for assessing the current phase of the economic cycle,
identifying regional differences in business activity, and generating short-term
forecasts. The findings also justify the practical significance of applying the BFI for
regular monitoring of the economic environment and supporting evidence-based policy
decision-making in Uzbekistan.
Keywords: Business Activity Index (BFI), PMI methodology, supply, demand,
employment, inflation.










Комментарии