Jumayev Shuxrat
- Marketing jurnali 2025 yil, 10-son

- 1 час назад
- 1 мин. чтения

OʻZBEKISTONDA IQTISODIY ISLOHOTLAR SHAROITIDA SOLIQ SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH
Jumayev Shuxrat
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
mustaqil tadqiqotchisi (PhD)
ORCID: 0009-0003-4452-771X
E-mail: sh.jumaev@tsue.uz
Annotatsiya
Maqolada Respublikamizda soliq siyosatini takomillashtirishning nazariy, amaliy jihatlari, bugungi kundagi muammolari tahlil qilingan. Bugungi kunda soliq siyosati davlat tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy siyosatda muhim oʻrin egallab, soliq toʻlovchilarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish, davlat byudjeti soliq tushumlarining barqarorligini taʼminlash, soliq intizomini mustahkamlash bilan bir qatorda soliq toʻlovchilar oʻrtasida tenglikni taʼminlashga xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqot doirasida Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan soliq siyosati, maʼmurchiligidagi muammolar tahlil etilgan va xorij tajribasi oʻrganilib, ushbu tajribalarni milliy soliq tizimimizda qoʻllash imkoniyatlari baholangan. Shuningdek, Oʻzbekistonda soliq siyosatini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari sifatida soliqqa tortishni takomillashtirish, soliq toʻlovchilar uchun tenglik muhitini yaratish, ayrim soliq imtiyozlarini bekor qilish masalalari boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit soʻzlar: soliq siyosati, soliq maʼmurchiligi, fiskal siyosat, soliq tizimi, soliq toʻlovchi, soliq nazorati, soliq xizmati, soliq imtiyozi.
Аннотация
В статье анализируются теоретические и практические аспекты совершенствования налоговой политики в нашей Республике, а также современные проблемы. На сегодняшний день налоговая политика занимает важное место в экономической политике, проводимой государством, служит дальнейшему повышению правовой культуры налогоплательщиков, обеспечению стабильности налоговых поступлений в государственный бюджет, укреплению налоговой дисциплины, а также обеспечению равенства между налогоплательщиками. В рамках научного исследования проанализированы проблемы налоговой политики и администрирования в Республике Узбекистан, изучен зарубежный опыт и оценены возможности применения этого опыта в нашей национальной налоговой системе. Также в качестве приоритетных направлений совершенствования налоговой политики в Узбекистане разработаны конкретные предложения по вопросам совершенствования налогообложения, создания среды равенства для налогоплательщиков, отмены некоторых налоговых льгот.
Ключевые слова: налоговая политика, налоговое администрирование, фискальная политика, налоговая система, налогоплательщик, налоговый контроль, налоговая служба, налоговая льгота.










Комментарии