Raximov Furqat Jalalovich
- Marketing jurnali 4-son 2025-yil
- 5 мая
- 2 мин. чтения

TOʻQIMACHILIK KORXONALARIDA KIMYO TOLALARI ISHLAB
CHIQARISH ASOSIDA YUQORI QOʻSHILGAN QIYMAT YARATISH
ISTIQBOLLARI
Raximov Furqat Jalalovich
Oʻztoʻqimachiliksanoat uyushmasi rais maslahatchisi
TDIU tadqiqotchisi, PhD
Annotatsiya
Ushbu ilmiy ishda Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoatida kimyo tolalari asosida
yuqori qoʻshilgan qiymat yaratish istiqbollari oʻrganilgan. 2017–2023-yilgi statistik
maʼlumotlar asosida ANOVA va regressiya modellashtirish usullari qoʻllanilgan holda,
ishlab chiqarish hamda eksportga taʼsir etuvchi omillar tahlil qilingan. Tadqiqot
natijalari kimyo tolalari ishlab chiqarishining umumiy iqtisodiy jarayonlarga 46,6
foizgacha taʼsir ko‘rsatishini aniqladi. Shuningdek, tarmoqda sinergiya samarasi
yildan-yilga ortib borayotgani kuzatildi. Olib borilgan tahlillar 2030-yilgacha bo‘lgan
davrda diversifikatsiya strategiyasi asosida toʻqimachilik tarmogʻini 4,7 barobarga
oʻstirish imkoniyatlari mavjudligini koʻrsatdi. Bu esa kimyo tolalari asosida yuqori
qoʻshilgan qiymat yaratishning iqtisodiy samaradorligini va istiqbolini isbotlovchi
muhim omildir.
Kalit soʻzlar: toʻqimachilik sanoati, kimyo tolalari, diversifikatsiya, qoʻshilgan
qiymat, ANOVA, sinergiya, eksport, investitsiya, Oʻzbekiston.
Аннотация
В настоящем исследовании рассматриваются перспективы создания
высокой добавленной стоимости в текстильной промышленности Узбекистана за
счёт развития химических волокон. На основе данных за 2017–2023 годы
проведён дисперсионный и регрессионный анализ факторов, влияющих на
производство и экспорт. Установлено, что химические волокна оказывают
влияние до 46,6%, а синергетический эффект стабильно растёт. Прогноз на 2030
год демонстрирует возможность увеличения объёмов производства в 4,7 раза при
эффективной диверсификации.
Ключевые слова: текстиль, химические волокна, диверсификация,
добавленная стоимость, ANOVA, синергия, экспорт, инвестиции, Узбекистан.
Abstract
This research explores the prospects of generating high added value in
Uzbekistanʼs textile industry through the development of chemical fibers. Based on
2017–2023 data, ANOVA and regression models were applied to analyze key factors
affecting production and export. Findings reveal a 46.6% influence of synthetic fibers
and a growing synergy effect. Forecasts for 2030 suggest a 4.7-fold increase in
production volume through strategic diversification and investment optimization.
Keywords: textile industry, chemical fibers, diversification, added value,
ANOVA, synergy, export, investment, Uzbekistan.
Comments