Tojiyeva Muhabbatxon Mansurjon qizi
- Marketing jurnali 4-son 2025-yil
- 5 мая
- 2 мин. чтения

OʻZBEKISTONDA HUDUDIY IQTISODIY RIVOJLANISH: MARKAZ VA
CHEKKA HUDUDLAR OʻRTASIDAGI FARQLAR
Tojiyeva Muhabbatxon Mansurjon qizi
Qoʻqon Universiteti oʻqituvchisi
ORCID:0000-0002-5228-6923
E-mail: muhabbatxontojiyeva11@gmail.com
Hoshimov Islomxon Ilyorjon oʻgʻli
Qoʻqon Universiteti talabasi
Annotatsiya
Ushbu ilmiy tadqiqot Oʻzbekistonda hududiy iqtisodiy rivojlanishning 2020–
2024-yillardagi holatini tahlil qilish hamda markaziy va chekka hududlar oʻrtasidagi
iqtisodiy tafovutlarni aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotda yalpi hududiy mahsulot
(YHM), aholi jon boshiga real umumiy daromad, bandlik va kambagʻallik darajasi kabi
asosiy ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlar asosida mintaqalar kesimidagi oʻzgarishlar
baholandi. Statistik tahlil usullari, jumladan Shapiro–Wilk testi, logarifmik
transformatsiya, ANOVA va Kruskal–Wallis testlari yordamida indikatorlar
oʻrtasidagi tafovutlar ishonchli ravishda aniqlandi. Olingan natijalar hududiy
rivojlanish boʻyicha umumiy ijobiy surʼatlar mavjudligini koʻrsatgan boʻlsa-da, ayrim
hududlar oʻrtasida hali ham sezilarli iqtisodiy nomutanosibliklar mavjud. Toshkent
shahri, Navoiy va Toshkent viloyatlarining yetakchi roli aniqlangan boʻlib, boshqa
koʻplab viloyatlar esa rivojlanishning nisbatan past bosqichida qolmoqda. Shu bilan
birga, kambagʻallik darajasining sezilarli kamayishi, daromadlar oʻsishi va bandlik
sohasida tiklanish kuzatilgani iqtisodiy islohotlarning ijobiy natija berayotganidan
dalolat beradi. Tadqiqot xulosalari hududiy siyosatni takomillashtirish, har bir
mintaqaning oʻziga xos imkoniyatlarini inobatga olgan holda iqtisodiy strategiyalar
ishlab chiqishga amaliy asos yaratadi.
Kalit so‘zlar: Hudud, rivojlanish, aholi, YHM, ishsizlik, bandlik, kambagʻallik,
daromad, markaz, iqtisodiy nomutanosiblik, sanoat, strategiya, barqarorlik.
Аннотация
Данное исследование направлено на всесторонний анализ социально-
экономического развития регионов Узбекистана за 2020–2024 годы, с акцентом
на различия между центральными и периферийными территориями. В качестве
ключевых индикаторов были выбраны валовой региональный продукт (ВРП),
реальный доход на душу населения, уровень занятости и уровень бедности. С
использованием методов Шапиро–Уилка, логарифмического преобразования, а
также критериев ANOVA и Краскела–Уоллиса, были выявлены значимые
межрегиональные различия. Результаты показали устойчивую положительную
динамику в большинстве регионов, однако различия в уровне доходов, занятости
и бедности по-прежнему сохраняются. Город Ташкент, а также Наманганская и
Ташкентская области продемонстрировали наивысшие показатели
экономического роста, в то время как ряд других регионов отстают. Тем не
менее, общее снижение уровня бедности и рост доходов свидетельствуют о положительном влиянии проводимых реформ. Полученные выводы могут быть
использованы для совершенствования региональной политики с учетом
уникальных условий каждого региона.
Ключевые слова: регион, развитие, население, ВРП, безработица,
занятость, бедность, доход, центр, экономический дисбаланс, промышленность,
стратегия, устойчивость.
Abstract
This study presents a comprehensive analysis of regional socio-economic
development in Uzbekistan from 2020 to 2024, with a particular focus on disparities
between central and peripheral areas. Key indicators analyzed include Gross Regional
Product (GRP), real per capita income, employment rate, and poverty level. By
applying statistical techniques such as the Shapiro–Wilk test, logarithmic
transformation, ANOVA, and the Kruskal–Wallis test, the research identifies
significant differences across regions. Findings reveal a generally positive trend in
development, though economic gaps remain prominent, particularly in income
distribution and employment rates. Tashkent city, along with Navoiy and Tashkent
regions, lead in economic performance, while other areas lag behind. Notably, the
national decline in poverty and rising incomes demonstrate the tangible impact of
economic reforms. The study offers valuable insights for policymakers in tailoring
region-specific development strategies to ensure balanced and inclusive growth.
Keywords: Region, development, population, GRP, unemployment,
employment, poverty, income, center, economic imbalance, industry, strategy,
sustainability.
Comments