top of page

Xolbozorov Muzraf Yusup oʻgʻli


ree

OʻZBEKISTONDA IQTISODIY BARQARORLIKKA ERISHISHDA ISTIQBOLLI DRAYVER SOHALARNING OʻRNI

Xolbozorov Muzraf Yusup oʻgʻli Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi E-mail: muzrofxolbozorov@gmail.com


Annotatsіya Mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash — bu nafaqat barqaror oʻsish surʼatlariga erishish, balki ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning uzluksiz davom etishini taʼminlaydigan muhim strategik vazifadir. Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy barqarorlikka erishishda “drayver” sohalar — yaʼni iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon boʻlayotgan tarmoqlarning roli, ularning bugungi holati va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Xususan, sanoat, axborot texnologiyalari, qishloq xoʻjaligi, logistika, energetika va turizm sohalari drayver tarmoqlar sifatida koʻrib chiqilib, ularning har biri mamlakat iqtisodiyoti uchun yaratayotgan qoʻshilgan qiymat, yangi ish oʻrinlari va eksport salohiyatiga qoʻshayotgan hissasi asosida baholanadi. Maqolada, shuningdek, drayver sohalarning rivojlanishiga turtki beruvchi omillar — xususan, davlat siyosati, investitsion muhit, innovatsion texnologiyalarni joriy etish holati, xorijiy tajribalardan samarali foydalanish imkoniyatlari chuqur tahlil qilinadi. Mavjud statistik maʼlumotlar asosida ushbu tarmoqlarning YaIMdagi ulushi, eksportdagi oʻrni hamda ichki bozor talablarini qondirishdagi roli yoritiladi. Maqola yakunida drayver tarmoqlar orqali iqtisodiy barqarorlikka erishishning prognoz natijalari va ularni amalga oshirish boʻyicha tavsiyalar ilgari suriladi. Kalit soʻzlar: iqtisodiy barqarorlik, drayver sohalar, sanoat, YaIM, qishloq xoʻjaligi, axborot texnologiyalari, logistika sohasi, energetika sektori, turizm salohiyati, investitsiyalar, eksport hajmi, innovatsiyalar, davlat siyosati, iqtisodiy oʻsish, raqamli iqtisodiyot, eksport, import, milliy iqtisodiyot, infratuzilma. Аннотация Обеспечение экономической стабильности в стране – важная стратегическая задача, обеспечивающая не только достижение устойчивых темпов роста, но и бесперебойное продолжение социально-экономического развития. В данной статье анализируется роль отраслей, выступающих в качестве “драйверов” – то есть главной движущей силы экономики-в достижении экономической стабильности в Республике Узбекистан, их сегодняшнее состояние и перспективы дальнейшего развития. В частности, отрасли промышленности, информационных технологий, сельского хозяйства, логистики, энергетики и туризма рассматриваются как движущие силы и оцениваются на основе добавленной стоимости, которую каждая из них создает для экономики страны, и ее вклада в создание новых рабочих мест, а также экспортного потенциала.



Comments


bottom of page